Dunyoda ochlikdan aziyat chekayotgan odamlar soni koʻpaydi
Illyustrativ foto
Iqlim muammolari, koronavirus pandemiyasi va global mojarolar, jumladan, Ukrainadagi urush tufayli yuzaga kelgan inqirozlar 2019 yildan beri dunyoda och odamlar sonini 122 millionga oshirdi.
Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti ishtirokida tayyorlangan soʻnggi hisobotida aytildi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, oʻtgan yili dunyoda 735 millionga yaqin odam ocharchilikka duch kelgan. 2019 yilda bu koʻrsatkich 613 million boʻlgan.
“Agar tendensiyalar shu tarzda rivojlanishda davom etsa, 2030 yilgacha ochlikka barham berish boʻyicha barqaror rivojlanish maqsadiga erishib boʻlmaydi”, — deyiladi hisobotda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring