Dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 3 mln.dan oshib ketdi. Boshqa yangiliklar

01:59 28 Aprel 2020 Dunyo
1075 0

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 3 mln. nafardan oshdi, 208 mingdan ortiq bemor vafot etgan, 878 mingdan ziyodi tuzalgan.

— koronavirus tufayli chegaralarning yopilishi 21 ta davlatda boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar taqchilligini keltirib chiqardi.

— XVJ pandemiya tufayli 170 ta davlat aholisi daromadlari qisqarishini prognoz qilmoqda.

— Turkiya AQSHga koronavirusga qarshi kurashish uchun tibbiy koʻmak yuboradi. Qoʻshma Shtatlarda virusga chalinganlar soni qariyb 973 ming kishiga yetdi.

— Germaniya aholisiga jamoatchilik transporti va doʻkonlarda maska taqib yurish majburiyati belgilab qoʻyildi. Mamlakatda bemorlar soni 158 ming, 5,9 ming inson vafot etgan.

— Xitoylik olimlar Uxan shifoxonasi ichidagi aerozol tomchilarida yangi tipdagi koronavirusning RNK boʻlaklarini topishgan. Xitoyda 83,9 mingdan ortiq odam virusni yuqtirgan, 78 mingdan ziyod odam tuzalgan, 4,6 ming bemor vafot etgan.

— Afgʻon hukumati pandemiya sabab 12 mingdan ziyod mahkumni ozodlikka chiqaradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер