Dunyoda koronavirusni yengganlar soni 6 million nafardan oshdi

08:44 06 Iyul 2020 Dunyo
867 0

Dunyo boʻyicha koronavirusdan forigʻ boʻlganlar soni 6 million nafardan oshdi. Bu haqda AQSHning Jons Hopkins universiteti onlayn tarzda taqdim etib borayotgan COVID-19 haqidagi statistik maʼlumotlarda aytib oʻtilgan.

5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 holatiga koʻra, koronavirusdan tuzalganlar soni 6 111 195 nafarni tashkil qilmoqda. Sogʻayganlarning aksar qismi Braziliya (1 013 951 nafar), AQSH (894 325 nafar), Rossiya (449 995 nafar), Hindiston (409 083) va Chili (257 451) kabi mamlakatlariga toʻgʻri keladi.

Tuzalganlar soni boʻyicha yetakchilik qilayotgan davlatlar kasallanish koʻrsatkichida ham peshqadam boʻlib turibdi. Xususan, AQSHda dunyodagi koronavirus yuqtirib olish holatlarining chorak qismi — 2 841 124 kishida COVID-19 aniqlangan.

Braziliyada kasallanganlar soni 1,5 million nafardan oshib ketgan, Rossiyada 680 ming nafardan ziyod, Hindistonda 673 mingdan koʻproq, Chilida qariyb 292 ming bemor infeksiyani yuqtirib olgan.

Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 11 304 534 nafarga yetgan. Pandemiya qurbonlarining soni 531 659 nafarni tashkil qilmoqda.

Eng koʻp oʻlim holati AQSHda kuzatilgan — 129 689 nafar odam. Keyingi oʻrinlarni Braziliya (64 265), Buyuk Britaniya (44 283), Italiya (34 854), Meksika (30 366), Fransiya (29 896) va Ispaniya (28 385) egallab turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер