Dunyoda koronavirusga qarshi 3,5 milliard dozadan ortiq vaksina qoʻllanildi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 188 million 128 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 059 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 516 528 yangi holati aniqlandi. 8 547 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 188 million 925 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 066 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
- AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,604 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi oʻrinda Hindiston (30,987 milliondan ortiq),
- uchinchi oʻrinda Braziliya (19,151 milliondan ortiq),
- toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (5,882 milliondan ortiq),
- beshinchi oʻrinda esa Fransiya (5,714 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 32 107, Hindistonda 41 806, Braziliyada 45 022, Rossiyada 25 293, Fransiyada 8 747 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 537 million dozadan ortiq vaksina qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring