Dunyoda koronavirusga chalinganlar 40 000 000ga yaqinlashdi

14:27 19 Oktyabr 2020 Dunyo
620 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 39 million 596 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 107 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 39 million 965 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 113 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 7,966 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (7,494 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (5,200 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (1,399 milliondan ortiq), beshinchi oʻringa esa Argentina chiqdi (965 mingdan ortiq).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер