Dunyoda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari 17 foizga kamaydi

10:55 20 Oktyabr 2022 Dunyo
558 0

Illustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, oʻtgan haftada dunyo boʻyicha qariyb 3 million nafar kishiga koronavirus tashxisi qoʻyilgan. Bu 3-9-oktyabr sanalariga nisbatan 6 foiz kam koʻrsatkichdir.

Shuningdek, 8,3 ming nafar bemor xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumgan. Yaʼni bu borada pasayish dinamikasi 17 foizni tashkil etdi.

Kasallanganlar sonining sezilarli kamayishi Sharqiy Oʻrta Yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida qayd etildi — 17 foiz. Shuningdek, Afrika (-15 foiz), Shimoliy va Janubiy Amerika (-12 foiz) hamda Yevropa (-11 foiz) qitʼalarida bemorlar soni ozayishi kuzatildi. Biroq Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi davlatlarida xastalanganlar soni 11 foizga ortdi.

Oʻz navbatida, oʻlim holatlari Sharqiy Oʻrta Yer dengizi mintaqasi (-35 foiz), Shimoliy va Janubiy Amerika (-20 foiz) hamda Yevropada (-18 foiz) kamaydi. Afrika qitʼasida esa aksincha, COVID-19 qurbonlari 44 foizga koʻpaydi.

Koronavirus infeksiyasini eng koʻp yuqtirganlar Germaniyada roʻyxatga olindi — qariyb 584 ming nafar. Keyingi oʻrinlarni Fransiya (337 ming), Xitoy (329 ming), Italiya (288 ming) va AQSH (251 ming) band etdi.

Oʻtgan haftada xastalikdan vafot etganlar soni boʻyicha Qoʻshma Shtatlar yetakchi — 2,2 ming nafar. Rossiyada 702, Italiyada 478, Xitoyda 431 va Yaponiyada 409 kishi xastalik tufayli hayotdan koʻz yumdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер