Dunyoda koronavirusdan 2 millionga yaqin bemor vafot etdi

13:26 04 Yanvar 2021 Dunyo
904 0

JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12,5 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 83 million 322 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 831 mingdan ziyod kishi vafot etgan (03.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 18:51 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 740 221 yangi holati aniqlandi, 12 502 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (04.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 85 million 122 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 843 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 19,974 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,323 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (7,700 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,236 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (2,599 milliondan ortiq).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер