Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 47,5 millionga yaqinlashdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 46 million 840 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 204 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 47 million 404 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 213 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 9,108 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (8,267 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (5,545 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (1,673 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda Fransiya (1,433 milliondan ortiq).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring