Dunyoda koronavirus. Virusni yuqtirganlar soni 2 mln.ga yaqinlashdi va boshqa yangiliklar.

11:30 14 Aprel 2020 Dunyo
1224 0

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 1 920 985 nafarga yetdi, 119 686 kishi vafot etgan. Universitet bundan oldin virusni yuqtirganlar sonini 2 mln. deb xabar bergandi.

— Rossiyaning oʻndan ortiq fuqarosi Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida koronavirus bilan kasallanganlar bilan muomalada boʻlgani uchun karantinga joylashtirildi.

— Xitoyda oʻtgan sutka davomida hech kim koronavirusdan vafot etmadi.

— Janubiy Koreyada COVID-19dan sogʻayganlar soni 7534 kishiga yetdi.

— Ispaniyada cheklovlar qisman bekor qilingani uchun qariyb 300 mingga yaqin odam ishiga qaytdi.

— AQSHda koronavirus tufayli cheklovlarni olib tashlash boʻyicha rejani ishlab chiqish yakuniga yetyapti. Tramp mamlakatda epidemiya choʻqqisi ortda qolganini maʼlum qildi.

— Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 mingdan oshib ketdi, umumxalq karantini 3-mayga qadar uzaytirildi.

— Turkiya parlamenti qamoqxonalarda koronavirus tarqalishi xavfi bois bir guruh mahbuslarni vaqtincha ozod qilish toʻgʻrisidagi qarorni maʼqulladi.

— OAV xabariga koʻra, Braziliyada bir necha nafar bemor hayotdan koʻz yumgani tufayli koronavirusga qarshi dori vositasi boʻyicha tadqiqotlar toʻxtatildi. Sinov paytida 11 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер