Dunyoda koronavirus. Pandemiya sharoitida QQSni bekor qilish taklif etildi va boshqa yangiliklar
— Maʼlumotlarga koʻra, 19-aprel ertalabki holatda dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 2,3 mln. nafardan oshib ketdi, 159 mingdan ziyod bemor vafot etgan.
— Rossiyada ekspertlar pandemiya paytida QQSni bekor qilib turishni taklif etishyapti.
— JSST antitanachalar boʻyicha test organizmda koronavirusga nisbatan immunitet mavjudligini tasdiqlamasligi mumkinligini maʼlum qilishdi.
— Olimlar koronavirus boʻyicha xatar guruhiga kiradigan yoshlar toifasini aniqlashdi. Ular qandli diabet, yurak yetishmovchiligi va semirishdan aziyat chekadigan insonlardir.
— Janubiy Koreyada COVID-19ga chalinish bilan bogʻliq yangi holatlar oxirgi ikki oy ichida birinchi bor 10 tani tashkil etdi;
— Tramp Xitoy agar koronavirusni atayin tarqatib yuborgan boʻlsa, uni jazolash kerak ekanligini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring