Dunyoda koronavirus. Xitoyda yana yangi holatlar aniqlandi va boshqa yangiliklar
— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 3 mln. nafardan oshdi, 211 mingdan ortiq bemor vafot etgan, 894 mingdan ziyodi tuzalgan.
— Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalganlar soni 8854 nafarga yetdi. Bemorlar soni 10 752 nafar, qurbonlar soni 244 nafarni tashkil etmoqda.
— Xitoyda sutka davomida virusga chalinish bilan bogʻliq 6 ta yangi holat qayd etildi. Ularning hammasi chetdan kirib kelganlarda aniqlangan. Mamlakatda bemorlar soni 82 836 nafar, sogʻayganlar 77 555 nafar, qurbonlar soni 4633 nafarga teng.
— Isroilda virusni yuqtirganlar soni 15 555 nafarga yetdi. Mamlakatda 204 kishi bu darddan vafot etgan, 7200 kishi sogʻaygan.
— Braziliyada virusga chalinish bilan bogʻliq holatlar 67 mingdan oshib ketdi, 31 142 kishi oyoqqa turdi, 4603 inson hayotdan koʻz yumdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring