Dunyoda koronavirus. Yevropada restoranlar ochilyapti va boshqa yangiliklar
— dunyoda COVID-19ni yuqtirganlar soni 3,5 mln.dan oshdi, 1,12 mln.dan ziyod inson tuzaldi, 247,5 mingdan ortiq inson vafot etgan
— Xitoyda oʻtgan sutka davomida infeksiyaga chalinganlar soni 481 nafargacha kamaydi, qurbonlar boʻlmadi
— Gretsiyada 4-maydan boshlab uydan tashqari chiqishga toʻliq ruxsat berildi, faqat tibbiy niqob kiyish shart
— Ozarbayjonda karantin choralarini yumshatishning ikkinchi bosqichi kuchga kirdi: deyarli barcha doʻkonlar, goʻzallik salonlari va restoranlar ish boshladi
— Ispaniyada ham cheklovlar kamaytirilmoqda: kafelar ishga tushdi, faqat u yerda oʻtirilmaydi, balki taomlarni oʻzi bilan birga olib ketish mumkin. Goʻzallik salonlari va ayrim turdagi nooziq-ovqat doʻkonlari faoliyat boshladi.
— Belgiyada karantinni bekor qilish jarayonlari boshlandi. Bu kamida toʻrt oy vaqt oladi.
— Portugaliyada pandemiya sabab joriy etilgan cheklovlar qisqartirilmoqda. Sartaroshxonalar, kutubxonalar va kichik savdo markazlari ochilyapti.
— Italiyada 4,5 mln. inson ishlab chiqarish korxonalariga ishga qaytdi, ammo doʻkonlar va restoranlar hozircha yopiqligicha qoldirildi.
— Polshada savdo markazlari, muzeylar va mehmonxonalar ish boshladi
— Braziliyada koronavirusni yuqtirganlar soni 100 mingdan oshib ketdi, 7 mingdan ziyod inson vafot etdi
— Vena aeroporti 4-maydan yoʻlovchilarga ikki haftalik karantindan qochish uchun PRS testlarini topshirish taklif etilyapti
— Yangi Zelandiyada birinchi marta sutka davomida kasallanish holati qayd etilmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring