Dunyoda koronavirus. COVID-19 qurbonlari soni 10 mingdan oshib ketgan davlatlar beshtaga yetdi va boshqa eng soʻnggi yangiliklar
— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 1 850 807 nafarga yetgan, 114 251 kishi vafot etgan, 430 527 kishi sogʻaygan.
— AQSHda oʻtgan sutka davomida 1557 kishi COVID-19dan vafot etdi. Mamlakatda jami 22 ming 108 inson infeksiya qurboniga aylangan, 557 571 kishi virusni yuqtirib olgan, 41 mingdan ortiq bemor tuzalgan.
— Nyu-Yorkda koronavirus sabab hayotdan koʻz yumganlar 9 mingdan oshib ketdi.
— Germaniyada virusga chalinganlar soni 123 016 nafarga yetdi. Robert Kox instituti maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda 2799 kishini infeksiya hayotdan olib ketgan.
— Ispaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari 166 831 tani tashkil etayotgan boʻlsa, 60 mingdan ziyod odam darddan forigʻ boʻlgan, 16 972 kishi vafot etgan. Hukumat bir nechta zavod va qurilish korxonalari faoliyatini 26-apreldan yoʻlga qoʻymoqchi.
— Buyuk Britaniyada 10 mingdan ziyod inson virus qurboni boʻldi. Jami 85 208 bemor roʻyxatga olingan. Shunday qilib ushbu davlat koronavirusdan vafot etganlar soni oʻn ming kishidan oshgan dunyodagi beshinchi mamlakat boʻldi.
— Braziliyada bir kunda qariyb 1,5 ming kishi infeksiyaga chalindi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan ogʻrigan fuqarolar soni 22 169 nafarga yetdi, qurbonlar soni 1223 nafargacha koʻpaydi.
— Hindistonda bunday bemorlar soni 9152 nafarni tashkil etmoqda, 856 kishi tuzaldi, 308 kishi oʻldi.
— Olimlar koronavirus oʻpkani atipik pnevmoniyaga nisbatan uch karra kuchliroq zararlashini maʼlum qilishdi.
— Fransiyada koronavirus qurbonlari soni 14 393 nafarga yetdi.
— Italiyada COVID-19dan vafot etish holatlari boʻyicha oxirgi uch haftadagi eng past koʻrsatkich qayd etildi.
— Tailandda alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlandi.
— Fransiyaning Tulon shahriga bortida koronavirus bilan kasallangan 50 nafar dengizchi boʻlgan Charles de Gaulle avianoses kirib keldi.
— Kiyev politsiyasi karantin qoidalarini buzganlarni dronlar yordamida izlamoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring