Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar 723 700 dan oshdi
Bugungi kunda dunyoda koronavirus infeksiyasining tarqalishini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Jons Xopkins universiteti onlayn-servisi maʼlumotlariga koʻra, koronavirus infeksiyasi 177 mamlakatda qayd etilgan. Ushbu kasallikni 723 700dan ortiq odam yuqtirgan, 152 mingdan ortiq odam sogʻayib ketgan. Shuningdek, 34 mingdan ortiq oʻlim holati qayd etildi.
Bugungi kunga qadar, tasdiqlangan kasallanganlar soni boʻyicha AQSH (143 mingdan ortiq) Italiya (97 mingdan ortiq) va Xitoyni (82 mingdan ortiq) ortda qoldirdi. Keyingi oʻrinlarda Ispaniya (80 mingdan ortiq), Germaniya (62 mingdan ortiq) va Fransiya (40 mingdan ortiq).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring