Dunyoda koronavirus. AQSHda virus qurbonlari soni qariyb 80 mingtaga yetdi va boshqa yangiliklar

01:09 12 May 2020 Dunyo
1143 0

— Dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,1 mln.dan oshib ketdi, 284 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,4 mln.dan ortiq inson tuzalgan.

— AQSHda infeksiyadan vafot etganlar soni qariyb 80 mingtaga yetdi, mamlakatda bemorlar soni 1,3 mln.dan koʻpaydi, 216 ming kishi tuzalgan.

— Germaniyada tojdor virusga qarshi vaksina 2021-yil yarmida tayyor boʻlishi maʼlum qilindi.

— Buyuk Britaniya hukumati iyundan boshlab sport musobaqalariga ruxsat berdi, faqat tomoshabinlarsiz.

— Xitoyning shimoli-sharqida koronavirus xavfi kuchaydi. 1,8 ming kishi nazoratga olingan.

— Ispaniyada bir sutkada 123 kishi koronavirudan vafot etdi. Mamlakatda jami qurbonlar soni 26 ming kishini tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер