Dunyoda koronavirus. AQSHda bemorlar soni millionga yaqinlashib qoldi va boshqa yangiliklar
— Dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 2,9 mln. nafardan oshdi, 205 mingdan ortiq bemor vafot etgan, 860 mingdan ziyodi tuzalgan.
— Uxan shifoxonasida virusdan tuzalgan barcha bemorlarga ruxsat berildi.
— AQSH hamon tojdor virusni yuqtirish holatlari boʻyicha birinchi oʻrinda turibdi, ayni paytga kelib bemorlar soni 950 mingdan oshib ketdi, 54 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
— Ispaniyada bir sutkada 288 bemor vafot etdi. Bu 19-martdan buyon qayd etilgan eng past koʻrsatkichdir. Mamlakatda 23 190 bemor hayotdan koʻz yumgan.
— Eronda oxirgi 50 kunda oʻlim holatlari boʻyicha eng past koʻrsatkich qayd etildi — bir sutkada 60 bemor vafot etdi. Epidemiya boshidan buyon mamlakatda 5710 bemor dunyodan koʻz yumgan. Kasallanganlarning umumiy soni 90 mingdan ziyod.
— Gonkongda ketma-ket uchinchi kun hech kim koronavirusdan oʻlmadi.
— Tokioda oxirgi ikki haftada birinchi marta kasallanganlar soni sutka davomida 100 nafardan kam boʻldi, yaʼni 72 kishi virusga chalindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring