Dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar 93 million nafardan oshdi
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 93 million nafardan ortiqni tashkil etmoqda.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (15.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 93 million 087 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 993 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda Jons Xopkins universitetining maʼlumotlariga koʻra 23,307 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,512 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (8,324 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,459 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,269 milliondan ortiq).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring