Dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi qariyb 2,5 milliard doza vaksina qoʻllanilgan

12:27 18 Iyun 2021 Dunyo
1460 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 176 million 693 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 830 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 382 341 yangi holati aniqlandi. 10 097 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 177 million 435 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 842 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,163 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (29,700 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (17,533 milliondan ortiq),

toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,640 milliondan ortiq),

beshinchi oʻrinda esa Turkiya (5,348 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 11 954, Hindistonda 67 208, Braziliyada 80 609, Fransiyada 2 865, Turkiyada esa 6 221 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 2 milliard 489 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер