Dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 1 milliard 970 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan

12:59 03 Iyun 2021 Dunyo
812 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 170 million 821 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 557 mingdan ziyod kishi vafot etgan (02.06.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 16:26 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 371 489 yangi holati aniqlandi.

8 745 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (03.06.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 11:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 171 million 675 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 691 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 32,942 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (28,307 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (16,545 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 3 678, Hindistonda 132 788, Braziliyada 30 434 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 1 milliard 970 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер