Dunyo boʻyicha koronavirus yuqtirganlar soni 97 milliondan oshdi — JSST 

11:26 25 Yanvar 2021 Dunyo
1223 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 97 million 464 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 112 mingdan ziyod kishi vafot etgan (24.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 15:43 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 577 301 yangi holati aniqlandi, 13 688 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (25.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 99 million 192 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 129 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 24,604 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,654 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (8,753 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,719 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,617 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 190 994, Hindistonda 14 849, Braziliyada 56 552, Rossiyada 21 127, Buyuk Britaniyada esa 33 552 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер