Dunyo aholisi 8 milliarddan oshdi
Foto: Arxiv surat
Countrymeters sayti maʼlumotlariga koʻra, dunyo aholisi 8 milliarddan ortiq kishini tashkil qilmoqda.
1,4 milliard odam Xitoyga (18,1 foiz) toʻgʻri kelayotgan boʻlsa, Hindiston ham deyarli bir xil koʻrsatkichga (17,7 foiz) ega. Aholi soni boʻyicha uchinchi oʻrinda AQSH – 336 million kishi (4,2 foiz).
Aytilishicha, birinchi milliard aholi 1804-yilda qayd etilgan. 1987-yilga kelib bu koʻrsatkich 5 milliardga yetdi.1999-yilda dunyo aholisi 6 milliardga, 2011-yilda esa 7 milliardga yetgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring