DTM test sinovlarining oʻn beshinchi kuni haqida maʼlumot berdi
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Unda qayd etilishicha, 2019-yil 13-avgust kuni respublika boʻyicha 8 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00 da boshlandi.
Test sinovlarida birinchi smenada jami 13 867 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:
- 13 495 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda;
- 371 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi;
- 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test sinovlari boʻlib oʻtayotgan hududlar:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Fargʻona viloyati;
4. Buxoro viloyati;
5. Xorazm viloyati;
6. Jizzax viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Samarqand viloyati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring