Dorivor oʻsimliklar yetishtiruvchilar qoʻllab-quvvatlanadi
2022-yil 1-iyundan boshlab Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 100 milliard soʻm mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali quyidagilarga:
— fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga – dorivor oʻsimliklarni yetishtirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi;
— dorivor oʻsimliklarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga – yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 12 oylik “revolver” kreditlar ajratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring