Donli ekinlar yetishtirish hajmi 7,3 foizga oshgan

15:13 09 Avgust 2023 Jamiyat
511 0

Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5,4 mln tonna donli ekinlar yetishtirilgan.

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 7,3 %ga oshgan.

Don ekinlarini yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Farg‘ona viloyati egalladi. Uning, don ekinlari umumiy hajmidagi ulushi 12 %dan oshgan.

Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Surxondaryo (11,8 %), Qashqadaryo (11,3 %), Andijon (9,0 %), Samarqand (8,3 %) va Jizzax (8,2 %) viloyatlarida qayd etilgan.

Umumiy hajmdagi past ulush, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,1 %) va Navoiy viloyati (3,6 %) da kuzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер