Donald Trampdan “Tinchlik” mukofoti qaytarib olinishi mumkin
FIFA prezidenti siyosiy betaraflik tamoyillarini buzganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Londonda joylashgan “FairSquare” inson huquqlari tashkiloti maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, FIFA nizomining 15-moddasi futbol tashkiloti rahbarlaridan davlat va siyosiy tuzilmalar bilan munosabatlarda toʻliq betaraf boʻlishni talab qiladi. Biroq “FairSquare” tashkiloti FIFA prezidenti mazkur qoidani bir necha bor buzganini taʼkidlamoqda.
Xususan, u AQSH prezidenti Donald Trampga FIFA “Tinchlik” mukofotini topshirgani siyosiy qoʻllab-quvvatlash sifatida baholanmoqda. Tashkilot ushbu holat FIFA ichki etik meʼyorlariga zid ekanini bildirgan.
Shu sababli “FairSquare” FIFA rahbari ustidan rasmiy shikoyat bilan murojaat qilgan. Agar ayblovlar tasdiqlansa, FIFA prezidenti intizomiy javobgarlikka tortilishi yoki sanksiyalarga duch kelishi mumkin. Shuningdek, ushbu voqealar fonida Donald Trampdan “Tinchlik” mukofoti olib qoʻyilishi ehtimoli ham mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring