Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashmasligi mumkin
AQSH vitse-prezidenti Maykl Pens “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida mamlakat rahbari Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvdan bosh tortishi mumkinligini aytib o‘tgan.
“Agar Kim Chen In Donald Tramp bilan o‘yin qilmoqchi bo‘lsa, bu uning uchun eng katta xato bo‘ladi”, - degan u.
Tramp ikki davlat rahbarining shu yil 12 iyun kuni Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralaridan bosh tortishi mumkinmi, qabilida berilgan savolga Maykl Pens “Shubha yo‘q, xuddi shunday”, deb javob qaytargan.
Bundan tashqari, u AQSH hech qachon KXDRga nisbatan harbiy yo‘lni qo‘llash imkoniyatini istisno etmaganini ham ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda amerikalik senator Lindsi Grem ham shunga o‘xshash fikr bildirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring