Don sifati notoʻgʻri aniqlanishi hisobiga fermer xoʻjaliklariga qariyb 270 mln. soʻm kam toʻlangani aniqlandi

17:41 01 Iyul 2021 Iqtisodiyot
1138 0

Ayni pallada Respublikamizning don qabul qilish maskanlarida ish qizgʻin. Joriy yilning 30-iyun holatiga 2021-yil gʻalla hosilidan respublika boʻyicha davlat ehtiyojiga (tezkor maʼlumotlarga koʻra), qabul qilingan 2 mln. 133 ming 864 tonna bugʻdoy donning 99,2 foizi 3-sinfni, 0,5 foizi 4-sinfni va 0,3 foizi 5-sinfni tashkil qiladi. Bu haqda Agroinspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman boʻlimlari mutaxassislari tomonidan don qabul qilish korxonalariga qabul qilinayotgan donlarning sifati qayta sinovdan oʻtkazilganda, korxona laboratoriyalari xodimlari tomonidan donning sifatini notoʻgʻri aniqlash hisobiga fermer xoʻjaliklariga jami 269 mln. 886 ming 300 soʻm kam, 4 mln. 769 ming 100 soʻm koʻp toʻlanganligi aniqlanib, xoʻjaliklarga qayta hisob-kitob qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Inspeksiyaning Don, urugʻlar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Sardor Zuparovning aytishicha, don topshiruvchilar va qabul qiluvchi korxonalar oʻrtasida donning sifati va sinfi boʻyicha yuzaga kelgan 34 ta nizoli masalalar joyida hal etildi.

Davlat ehtiyoji uchun xarid qilinayotgan boshoqli donning sifati toʻgʻri tahlil qilinishi Inspeksiya mutaxassislari tomonidan kunlik nazoratga olingan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер