Dollar kursi yana oshdi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi kurslarini eʼlon qildi. Ushbu almashuv kurslari 14-iyul kunidan kuchga kiradi.
Unga koʻra dollarning rasmiy kursi 10,23 soʻmga koʻtarilib, bir dollar 10194,96 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 62,49 soʻmga oshib, 11518,27 soʻmga teng boʻldi.
Rubl kursi esa 1,40 soʻmga tushgan va 1 rubl 143,88 soʻmni tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring