Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana qimmatlashdi
Illyustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 9 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 31 soʻm 37 tiyinga qimmatlashib, 8451 soʻm 37 tiyinga yetgan.
Yevro kursi esa 33 soʻm 8 tiyinga qimmatlashib, 9477 soʻm 37 tiyinni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm 23 tiyinga qimmatlashib, 128 soʻm 14 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 45 soʻm 60 tiyinga qimmatlashib, 11 017 soʻm, 21 tiyinni tashkil qilmoqda.
Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring