Dollarning soʻmga nisbatan rasmiy kursi tushdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 29-aprel kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,04 soʻmga tushib, 12 948,10 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 6,38 soʻmga pastlab, 14 696,09 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,37 soʻmga oshdi va 156,93 soʻmni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring