Dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, ertaga, 29-sentyabrdan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 321 soʻm 21 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 5 soʻm 59 tiyinga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 003 soʻm 57 tiyinga baholanib, 207 soʻm 03 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 4 soʻm 21 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 132 soʻm 7 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring