Dollarning rasmiy kursi oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, 2-iyundan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 148 soʻm 31 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 9 soʻm 1 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 11 262 soʻm 59 tiyinga baholanib, 210 soʻm 75 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 2 soʻm 70 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 144 soʻm 5 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring