Dollar kursi sezilarli koʻtarilishdan soʻng biroz tushdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 6-fevral kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 13,59 soʻmga tushib, 12 985,32 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 71,66 soʻmga oshib, 13 511,23 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,93 soʻmga koʻtarildi va 132,22 soʻmni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring