Dollar kursi sezilarli darajada oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-aprel kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 20,05 soʻmga oshdi va 12 228,58 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 166,78 soʻmga koʻtarildi va 14 282,98 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,96 soʻmga oshdi va 155,96 soʻmni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring