Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 13-fevral kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,73 soʻmga tushdi va 12 275,58 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 52,04 soʻmga pasaydi va 14 594,98 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,26 soʻmga koʻtarildi va 159,09 soʻmni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring