Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 1-dekabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 38,65 soʻmga oshdi va 11 940,95 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 34,01 soʻmga yuqorilab, 13 814,49 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,5 soʻmga koʻtarilib, 152,68 soʻmni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring