Dollar kursi ketma-ket uchinchi marta pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 6,75 soʻmga pastlab, 12 955,26 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 38,05 soʻmga pastlab, 13 327,08 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,42 soʻmga koʻtarildi va 126,44 soʻmni tashkil qildi.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring