Dollar kursi ilk bor 13 ming soʻmdan oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 14-fevral kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 14,88 soʻmga oshib, 13 008,95 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 79,16 soʻmga koʻtarilib, 13 554,02 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 5,03 soʻmga oshdi va 143,20 soʻmni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring