DXX telegram kanallari orqali narkosavdo bilan shugʻullangan 20 nafar shaxsni qoʻlga oldi
Yunusobodda yashovchi fuqaroni ovloq joyda doʻpposlagan 3 nafar shaxs DXX tomonidan ushlangan.
Aniqlanishicha, bezorilik sodir etgan shaxslar va jabr koʻrgan fuqaro ham aslida “Telegram” messenjerida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanuvchi kanal aʼzosi boʻlishgan.
Yaʼni, jabrlangan fuqaro kanal administratori topshirigʻiga koʻra, muqaddam belgilangan joyga yashirib ketilgan narkotikni xaridorlarga yetkazib berish oʻrniga uni oʻzboshimchalik bilan oʻzlashtirib olgan.
Hozirga qadar bu kabi egasini aldab, narkotiklarni oʻzlashtirib olgan koʻplab «zakladchik»lar jazolash bilan shugʻullanuvchi 17 nafar shaxs tomonidan ayovsiz kaltaklangan va bu jarayon tasvirga olinib, topshiriq bajarilgani hisoboti tariqasida kanalga joylashtirilgan. Kanal administratori har bir topshiriq uchun ularga 300-500 AQSH dollari miqdorida pul bergan.
2022-yilning oktyabr, noyabr hamda 2023-yilning yanvar, fevral oylarida ushbu 20 nafar shaxs qoʻlga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring