DXA huzurida yangi markaz tashkil etildi
“Aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Davlat xizmatlari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Axborot xizmatlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi.
Markaz aholi va tadbirkorlardan murojaatlarni qabul qilish boʻyicha Yagona davlat xizmatlarini koʻrsatish axborot-aloqa markazi faoliyatini tashkil etadi.
Qaror bilan Markaz tomonidan davlat xizmatlari bilan bogʻliq hamda bogʻliq boʻlmagan murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartiblari belgilandi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Idoraviy aloqa markazlari tomonidan murojaatlar 20 daqiqa mobaynida qabul qilinadi.
Idoraviy aloqa markazlari, jumladan, murojaatchilarga davlat xizmatlarini taqdim etish hamda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati toʻgʻrisida, davlat xizmatlari boʻyicha maslahatlar berish va soʻrovlarni qayta ishlashni amalga oshiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring