Dizel yoqilg‘isi narxi tushiriladi

12:53 22 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
3442 0

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi joriy yilning 22 sentyabridan belgilangan muddatga ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilg‘isi uchun narxlarni tushirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda zavodning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur qarorga asosan zavodning o‘zidan bir tonna mahsulot uchun aksiz bilan 5 million 600 ming so‘mgacha (yakuniy iste’molchiga xuddi shu miqdor aksizsiz 5 million 201 ming so‘m), respublika hududida joylashgan "O‘zbekneftgaz" AJ neft bazalaridan aksiz bilan bir tonna mahsulot uchun 5,500 ming so‘mgacha (yakuniy iste’molchiga huddi shu miqdor, aksizsiz 5 million 101 ming so‘m) etib belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер