Diyora Keldiyorova — Odivelash Gran-prisi chempioni!
Dzyudochilarimizning Odivelash (Portugaliya) shahri mezbonlik qilayotgan Gran-pri turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Dilshod Baratovdan soʻng Diyora Keldiyorova (-52 kg) Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi oltin medal keltirdi.
Keldiyorova murosasiz kechgan chempionlik bahsida azaliy raqiblaridan biri vengriyalik Reka Pupp ustidan yana bir bor gʻalaba qozondi. Shuning bilan Diyora ham oʻz hisobiga oltin medal qatori 700 reyting ochkosini yozdirib qoʻydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring