Diqqat abituriyentlar! Roʻyxatga olish 22-iyul kuni yakunlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq:
2021-2022-oʻquv yili qabulida abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) hamda Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Roʻyxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 22-iyulga qadar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻladigan boʻlsa, sertifikat maʼlumotlarini kiritishlari mumkin boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring