Diyetolog pomidor saratondan himoya qilishi haqida maʼlumot berdi

00:06 09 Noyabr 2021 Dunyo
1351 0

Illyustrativ foto

Rossiya milliy diyetolog va nutritsiologlar assotsiatsiyasi aʼzosi diyetolog Natalya Kruglova pomidorning immunitetni ragʻbatlantiruvchi oʻziga xos xususiyatlari haqida maʼlumot berdi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, pomidor immunitetni ragʻbatlantiruvchi va oʻsmalarga qarshi likopen antioksidanti manbai hisoblanadi. U inson organizmini yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga, shuningdek, saratonga olib kelishi mumkin boʻlgan moddalardan himoya qiladi.

«Pomidorda S vitamini va  A provitamini* mavjud boʻlib, u teri, sochlar va tirnoqlar ham koʻrish koʻrish qobiliyati uchun muhimdir», deydi Kruglova. 

Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, pomidor pishirilgandan keyin likopenni yaxshi saqlab qoladi, va hatto, uning pastasida ham yangi sabzavotlarga qaraganda koʻproq ushbu antioksidant boʻladi.

Pomidor past kaloriyali oziq-ovqat boʻlgani uchun uni ortiqcha vaznli va 2-toifa diabetga chalingan odamlarning ratsioniga ham kiritilishi mumkin. Biroq, bu sabzavot ovqat hazm qilish trakti kasalliklari, xususan, oshqozon yarasining kuchayishi bosqichida isteʼmol qilinmasligi kerak. 

*Provitamin — vitaminning kimyoviy yoʻl bilan olingan turi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер