Deyarli 5 ming qutiga tamaki egalariga yetib bormaydigan boʻldi

12:28 09 Sentyabr 2024 Jamiyat
325 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Angren shahridagi savdo doʻkonidan 4 949 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari borligini aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar bergan.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “S.E.” MCHJ rahbari A.T. savdo doʻkonida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlangan.

Shundan soʻng, ushbu doʻkon va omborxonasidan umumiy bahosi 67,1 million soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan jami 4 949 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlari yakunlanib, unda Oʻzbekiston delegatsiyasining natijasi qanday boʻlgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер