Deputatlar harbiy xizmatchilar huzurida

10:53 23 Fevral 2023 Jamiyat
502 0

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi (Termiz poligoni)da Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi mutaxassislarning oʻquv-uslubiy yigʻinida ham bu bot-bot taʼkidlandi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi, OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi Erkin Salixov va shu qoʻmita aʼzolaridan parlament deputatlari Hazratqul Xoʻjamqulov, Tavakkal Choriyev ham ishtirok etdi.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi mutaxassislariga qoʻmita tomonidan 2022-yil davomida deputatlar hamda Qonunchilik palatasining yalpi majlisi muhokamasida tayyorlangan qonun loyihalari, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan imzolangan sohaviy qonunlar, oʻtkazilgan nazorat-tahlillar, fuqarolar murojaatlari boʻyicha hal etilgan masala va muammolar xususida keng va atroflicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, “Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi: muammo va yechimlar” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbati davomida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtash tizimini shakllantirish va uning nufuzini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda harbiy xizmatchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish kabi yoʻnalishlarda amalga oshirilgan islohotlar xususida fikr-mulohazalar bayon etildi.

Tadbir davomida qoʻshinlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holati, harbiy xizmatchilar va oilalarining ijtimoiy himoyasi, harbiy intizomni mustahkamlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar va boshqa mavzularda takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi.

Koʻtarinki ruh va yuqori saviyada oʻtkazilgan oʻquv-uslubiy yigʻin va ushbu yigʻin davomida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar hamda ilgʻor, strategik gʻoyalar harbiy xizmatchilar qalbida, ongu tafakkurida vatanparvarlik, sadoqat, fidoyilik, milliy gʻurur tuygʻularini mujassamlashtirishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер