Deputatlar “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunni uchinchi oʻqishda ham qabul qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini atroflicha muhokama qildi.
Barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining soʻzga chiqqan vakillari “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlashni taklif etdi.
Qizgʻin bahs-munozara va savol-javoblardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda ham qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring