Deputat yongʻin chiqqan xonadonga yordam berdi
Bu haqda “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
"Xalq deputatlari Xoʻjaobod tuman Kengashi deputati Yigitali Bekboyev doim oʻz saylov hududida. U “Ipakchi” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Shirinoy Qurbonovaning yashash xonadonida yongʻin sodir boʻlganini eshitib, MFY faollari bilan kirib bordi.
Sovuq kunlar eshik qoqmoqda. Deputat shu sabab homiy tashkilotlar koʻmagida xonadonni qayta taʼmirlashga kirishdi. Yogʻoch va shifer materiallari keltirildi.
Shirinoy Qurbonova, fuqaro:
— Ogʻir kunda xalq vakilining bu tashabbusi bizni quvontirdi. Hech kimni uyi kuymasin. Tez kunda uyimiz yangidan qad rostlaydi. Saxovatli insonlar bor boʻlsin.
Deputat boshchiligidagi homiylarning xayrli bu ishidan barcha xursand" deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring