Deputat va yoshlar uchrashuvi

11:58 08 Aprel 2026 Jamiyat
187 0

Bugungi kunda deputatlar bevosita joylarda boʻlib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali mavjud muammolarni bartaraf etishda faol ishtirok etmoqdalar. Xususan, xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Zardunoy Ismoilova tomonidan uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv oʻtkazildi. Unda maktab bitiruvchilarining bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda salomatligini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

— Bugungi kunda yoshlar orasida uchrayotgan eng dolzarb muammolardan biri taʼlim olish va munosib ish oʻrinlariga ega boʻlmaslikdir, — deydi deputat biz bilan suhbatda. — Ushbu masalalarni tizimli oʻrganib, yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish lozim. Bu kabi muloqotlar nafaqat muammolarni aniqlash, balki ularni joyida tezkor va samarali hal etish imkonini bermoqda.

Uchrashuv doirasida deputat tashabbusi bilan yoshlar uchun bepul tibbiy koʻriklar tashkil etilib, natijada uch nafar qizga davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Shu bilan birga, bandlik masalasida ham amaliy qadam tashlanib, uch nafar yosh “Samo Tekstil” korxonasiga ishga joylashtirildi. Oʻnlab tadbir ishtirokchilariga esa huquqiy maslahatlar berildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning kelajakka boʻlgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер