Deputat tuman hokimi bilan nega uchrashdi?

19:02 01 Aprel 2021 Jamiyat
1096 0

Inson manfaatlarini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholi muammolarini hal etish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi Odinaxon Otaxonova joylardagi haqiqiy ahvolni oʻrganish va ularni hal etish maqsadida Asaka tumanida boʻldi.

Xalq vakili dastlab tuman hokimi M.Alixanov va sektor rahbarlari bilan birgalikda saylovchilar tomonidan elektr energiyasi, ichimlik va oqava suv taʼminoti, bandlik, maktab va bogʻchalarni taʼmirlashga oid kelib tushgan murojaatlar, ariza va shikoyatlarni hal etish masalasida kelishib oldilar.

Deputat O.Otaxonovaning tumandagi “Qipchoq” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlari ham gʻoyat qizgʻin kechdi. Muloqotlar chogʻida shu mahallada yashovchi Kamoliddin Mamanazarovning tabiiy gaz tarmoqlarini tortish boʻyicha qilgan murojaati joyiga chiqib oʻrganildi va ijobiy hal etildi.

“Qipchoq” MFYda istiqomat qiluvchi A.Qirgʻizov anchadan buyon ishsiz. Ish masalasida deputatdan koʻmak soʻragan fuqaroning murojaatini tuman obodonlashtirish boʻlimi rahbari V.Parpiyev oʻz zimmasiga oldi. Eʼtiborli jihati, mahalladagi 6 kilometr yoʻllarni taʼmirlash rejaga kiritildi.

Xalq noibining tumandagi “Dasturxonchi” MFY aholisi bilan muloqotlari yuqori kayfiyatda oʻtdi. Suhbat jarayonida fuqarolardan bandlik, imtiyozli kredit va boshqa masalalarga doir savol va murojaatlar kelib tushdi. Xususan, fuqaro Gʻanijon Shokirovning murojaati shu yerning oʻzida ijobiy yechim topdi.

Mamlakatimizda ehtiyojmandlarga yordam berish, keksalarni eʼzozlash, bemorlar holidan xabar olish, mehr-muruvvat, oqibat koʻrsatish ezgu anʼanaga aylangan. Shu sababli parlament quyi palatasi deputati O.Otaxonova “Uchtosh” MFYdagi uchrashuvi davomida 98 yoshni qarshilagan M.Shokirova xonadonida boʻlib, onaxon holidan xabar oldi.

Deputat M.Shokirova bilan dildan suhbat qilib, onaxonga esdalik sovgʻalari ulashdi.

Maʼlumki, “Xalqparvar” komissiyasi mahalliy hokimliklar hamda masʼul davlat idoralarining uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, qurilish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.

Shundan kelib chiqib deputat Asaka tumanida “Xalqparvar” komissiyasi faoliyatini oʻrganish maqsadida “Qadriyat” mahalla fuqarolar yigʻinida xonadonma-xonadon yurib, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan qiziqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер